Koutinoga 3ta grand klubdan qiziqishlar mavjud
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda 26 yoshli braziliyalik futbolchiga PSJ, «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublaridan jiddiy qiziqishlar bor.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Koutinoni Parijga olib kelishni shaxsan uning hamyurti Neymar PSJ rahbariyatidan so‘ragan.
“Chelsi” esa Koutinoni yozda “Real”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan Eden Azar o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Biroq, “aristokratlar” FIFAning transfer ta’qiqi sabab o‘z rejalarini amalga oshirolmasliklari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Reshford evaziga MYuga Koutinoni berishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar