Koutinoni yana APLga qaytarishmoqchi

  • 19.03.2020 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubi vingeri Filippe Koutino yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli braziliyalik futbolchiga “Chelsi”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. “Aristokratlar” allaqachon Koutinoning transferi masalasida “Barselona” bilan bog‘lanishgan.

Eslatib o‘tamiz, Koutino joriy mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazmoqda. U Bundesligada 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!