Ko‘zidan jarohat olgan Tom Aspinnallning MMAdagi kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda
O‘tgan yilning oktyabr oyida Siril Ganga qarshi jangda ko‘zidan jarohat olgan Tom Aspinallning aralash yakkakurashlardagi kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda.
"Ko‘zdagi da’volanish ancha uzoq davom etadigan jarayon. Boshqa jarohatlarni birdaniga tuzatishadi. Ko‘zlar bilan esa, yaqqol xavf tufayli, shifokorlar dastlab ularni iloji boricha tabiiy yo‘l bilan davolashga harakat qilishadi. Shunday qilib, endi biz operatsiyaga yotamiz - bu meni ma’lum vaqtga safdan chiqaradi va bu muddat qancha davom etishini aniq bilmayman. Bularning barchasi juda sekin kechmoqda va rostini aytsam, bu haqiqiy dahshat", - dedi UFC ning og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempioni.
Hozircha rasmiy tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning eng kuchli ligasi og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik unvonini joriy etishni rejalashtirmoqda, unga Siril Gan va Aleks Pereira da’vogarlik qilishi mumkin.
Fikrlar