
Krishtianu qaytishga shoshilmayapti
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub ixtiyoriga qaytishga shoshilayotganicha yo‘q, deya xabar bermoqda Calciomercato nashri.
Oldinroq, turinliklar yaqin vaqtlar ichida mashg‘ulotlarni boshlash niyatidaligi, shu munosabat bilan legionerlarni klub ixtiyoriga qaytishi kerakligi xabar qilingan edi. Unga ko‘ra, keyingi bir necha kun ichida barcha futbolchilar "Yuve" bazasiga qaytishlari kerak bo‘ladi, biroq Ronaldu Portugaliyani tark etishga shoshilmayapti. Ta’kidlanshicha, forvard avvalo mashg‘ulotlarning boshlanish aniq vaqti ma’lum bo‘lganidan so‘nggina oilasini tark etishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Yuve"ning boshqa bir hujumchisi Gonsalo Iguain onasining kasalligi bois klub ixtiyoriga qaytishni xohlamayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar