Krishtianu Ronaldu "Barselona"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi yoki yo‘q?

  • 27.10.2020 22:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Yuventus" yulduzi Krishtianu Ronalduda koronavirus aniqlangan va u topshirgan bir nechta testlar hali ham futbolchida infektsiya borligi ma’lum bo‘ldi.

Shu bois, Ronalduning EChL doirasida "Barselona"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. beIN Sports nashrining yozishicha, portugaliyalik yulduz kataloniyaliklar bilan uchrashuvda ishtirok etmaydi. Chunki u turinliklarning o‘yindan oldingi so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi. Endi Krishtianu test natijasi yaxshi chiqsa ham o‘ynamaydi.

"Yuventus" - "Barselona" bellashuvi ertaga tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!