Krishtianu Ronaldu Madridga qaytishi kutilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik forvard "Atletiko" bosh murabbiyi bilan Madridga transferi borasida gaplashdi. 

"Diario AS" nashrining xabariga ko‘ra, Ronaldu "El Cholo"ni "matraschilar"ga o‘tishga ko‘ndirgan. Endi madridliklar rahbariyati hujumchini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi. "MYu" Krishtianuni 20 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu butun faoliyati davomida "Atletiko" darvozasiga 25 ta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!