
"Kristal Pelas" Evropa ligasiga oid apellyatsiyada mag‘lub bo‘ldi
"Kristal Pelas" Evropa ligasida ishtirok etish huquqi uchun qilgan apellyatsiyasi rad etildi.
Avvalroq UEFA Angliya kubogi g‘olibi bo‘lgan londonliklarga turnirda o‘ynashga ruxsat bermagandi, chunki iyun oyigacha klub "Lion" bilan bir xil egasi — Jon Tekstor qo‘lida bo‘lgan. Shu sababli klub Konferentsiyalar ligasiga o‘tkazilgan edi.
"The Times" nashrining xabariga ko‘ra, CAS (Sport arbitraj sudi) bu qarorni o‘zgartishsiz qoldirdi. Shu tariqa, Evropa ligasida "Kristal Pelas" o‘rniga "Nottingem Forest" o‘ynaydi.
London klubi qarorni o‘rganib chiqadi va ehtimol, kompensatsiya uchun da’vo qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Konferentsiyalar ligasida qatnashish Evropa ligasiga nisbatan 20 million funtgacha kam daromad keltirishi mumkin.
Fikrlar