
Kristensen nega "Barsa" asosiy tarkibida maydonga tushmadi?
La Liganing 29-turida "Barselona" "Atletiko" maydoniga safar qilib, 0:3 hisobida g‘alaba qozondi. Ahamiyatlisi, "Barselona" futbolchisi Andreas Kristensen o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kerak edi.
Biroq uning o‘rniga Fermin Lopes maydonga tushirildi va yarim himoyachi bitta gol muallifiga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, daniyalik himoyachi mashg‘ulotlar vaqtida o‘zini noqulay his qilgan va murabbiylar shtabidan maydonga tushirilmaslikni so‘ragan.
Ma’lumot o‘rnida, Kristensen joriy mavsum La Liganing 22 bahsida o‘z nomiga 2 assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar