
Kroos: Arda unday futbolchilardan emas
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaga yangi kelib qo‘shilgan yosh futbolchi Arda Gyuler haqida fikr bildirdi.
“Arda Gyuler mehnatkash yigit. “Qanday qilib, bu pasni amalga oshirding?” deb so‘raydigan iste’dodlardan biri. 18 yoshli futbolchilar juda ko‘p, ular o‘zini juda yaxshi deb hisoblaydi va hech narsaga muhtoj emas. Ammo Gyuler unday emas, u o‘rganishni yaxshi ko‘radi”, - dedi nemis.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" Ardani "Fenerbaxche"dan bonuslar bilan birgalikda 20 million evroga xarid qildi.
Fikrlar