
Krouford: "Madrimov oson raqib emas"
Uch vazn toifasida jahon chempioni, pound-for-pound reytingi peshqadami Terens Krouford(40-0, 31 KO) 4 avgust kuni hamyurtimiz Isroil Madrimov(10-0-1 N/C, 7 KO)ga qarshi bo‘lib o‘tadigan jang haqida gapirdi.
“Mening diqqatim faqat 4 avgustda bo‘ladigan jangga qaratilgan. "Kanelo" yoki boshqa jangchi haqida o‘ylaganim ham yo‘q. Eng muhimi 4 avgust. Madrimov bilan jang qiyin bo‘ladimi? Balki, ha. Ringga chiqmagunimcha buni bilmayman. Isroil juda kuchli bokschi, uni oson raqib, deb o‘ylamayman ”, – dedi Krouford Fight Hub TV You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar