Kuchli beshlik chempionatlarida Messiga "teng keladigani" yo‘q

  • 14.03.2022 15:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum boshidan buyon Frantsiya chempionati o‘yinlarida sakkiz marta darvoza to‘siniga zarba berdi.

Goal nashri xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatgicha hozircha joriy mavsum Evropaning top-5 chempionatlarida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli argentinalik futbolchi bu mavsum Frantsiya chempionatining 18 o‘yinida maydonga tushdi va 2 ta gol urib, 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!