
Kuchli beshlikda yana bir osiyolik hujumchi to‘p tepishi mumkin
RPLning amaldagi chempioni "Zenit" klubi hujumchisi Serdar Azmun faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyaliklar Eron terma jamoasi etakchisini qishki transfer oynasida sotib olmoqchi. Biroq futbolchi mavsumni hozirgi jamoasida ijara asosida yakunlaydi.
26 yoshli forvardga kuchli beshlikning boshqa klubidan ham jiddiy qiziqish bor. Bundesliganing nomdor jamoasi "Bayer" ham uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Azmunning transfer bahosi 25 million evroni tashkil etadi. Joriy mavsum Serdar "Zenit" tarkibida 19 o‘yinda 9 bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shuningdek, uning hisobida 4 assist ham bor.
Fikrlar