Kuchli uchlikdagi vaziyat qanday yoxud pro ligani kuzatyapsizmi?

  • 8 sentabr, 2023, 03:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozir chempionatimizda tanaffus. Chunki FIFA kuni munosabati bilan terma jamoalarimiz rasmiy va norasmiy o‘yinlarini o‘tkazishmoqda. Shu boisdan klublarimizda biroz “lirik” chekinish mavjud. Shunga qaramay, jamoalar qizg‘in tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan.

Tecno

Hadeb Superligaga emas, balki pro ligaga ham nazar solib qo‘ysak zarar qilmaydi. Superligaga yo‘llanma beruvchi ushbu ligada ham kurash qizg‘in davom etyapti. Bilamizki, pro ligani ham o‘ziga yarasha muxlislari bor va kuzatuvchilari etarlicha bo‘lsa ajab emas. U erda kutilgan favoritlar kuchli uchlikda. “Lokomotiv”, “Qo‘qon-1912” va “Dinamo” boshqalardan ko‘ra yaqqol ajralib qolishgan.

loko_4

Hozircha turnir jadvalini “Lokomotiv” boshqarib, “Navbahor-Farm” tugatib turibdi. “Loko”ni bitta zaxirada o‘yini bor holatda 33 ochko bilan peshqadamlikni o‘zida saqlab turibdi. Qo‘qonliklar 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi va ularning hisobida 32 ochko bor. “Dinamo”da esa 15 ta o‘yindan so‘ng 31 ochko bor.

Yodingizda bo‘lsa, mavsum boshlangach, “Lokomotiv” bilan “Dinamo” ta’qibchilaridan ancha ilgarilab ketishgandi. Lekin keyinchalik vaziyat biroz o‘zgardi. Ya’ni, “Dinamo” keraksiz joylarda ochkolarni yo‘qotyapti. Bu esa “Qo‘qon-1912”ga qo‘l kelyapti. Chunki Muhsin Nizomiddinov Qo‘qon jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng avvaliga natijalarni to‘g‘rilash biroz qiyin kechdiyu, ammo keyin g‘alabalar qozonishni boshladi.

dinamo4_8

Ular 9 ta uchrashuvdan beri yutqazmayapti. 6 g‘alaba va 3 durang qayd etgan holda mag‘lubiyatni unutdi, chog‘i. Aynan g‘olibona o‘yinlar “Qo‘qon-1912”ni yana Superliga sari yaqinlashtirib kelmoqda. Biroq unutmaslik kerakki, boya ta’kidlab o‘tganimizdek, bunga “Dinamo”ning ochko yo‘qotayotgani ham sabab. Aks holda 3-o‘ringa tushib qolmasdi. Masalan, Vadim Abramov jamoasi oxirgi ikkita uchrashuvda 0:0 o‘ynadi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bor. “Dinamo” hozir O‘zbekiston Kubogi yarim finaligacha etib kelgani maqtovga arziydi. Ular bu yo‘lda “Paxtakor” va “Olimpik”ni engib o‘tgani jamoaning salohiyatini ko‘rsatib turibdi. Balki Superliga etakchisi va olimpiya terma jamoamizning negizi hisoblangan klubni mag‘lubiyatga uchratgani evaziga “Dinamo” futbolchilari pro ligadagi raqiblarini kuchiga etarlicha baho bera olmayotgandir. Ya’ni, ular O‘zbekiston Kubogiga ham jiddiy e’tibor qarayotganini unutmaslik kerak.

qo‘qon_7

Xullas, Pro ligada yuqoridagi uch klub ajralib qolgan va ularga raqobat tug‘diradiganlar etarlicha emas. Masalan, 4-o‘rindagi “Mash’al” “Dinamo”dan 10 ochkoga ortda qolyapti.  Kuchlik uchlikdan tashqaridagi jamoalar asosan o‘z mavqeini saqlab qolish yo‘lida kurashayotgandek. Baribir Superliga yo‘lidagi kurash so‘nggi turgacha juda qiziq va keskin o‘tishi kutilmoqda. Biz ham kuzatishda davom etamiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!