Kulibaliga "Chelsi"ga o‘tishni kim maslahat berdi?

  • 20 iyul, 2022, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning yangi himoyachisi Kalidu Kulibali jurnalistlarga London klubiga o‘tishi tafsilotlari haqida gapirib berdi.

“Jorjino menga SMS yozdi va “Chelsi”ga o‘tishni xohlaysanmi dedi? O‘shanda "Chelsi" menga qiziqayotganiga ishonchim komil emas edi, lekin men bu jamoaga qo‘shilishdan xursand bo‘lishimni aytdim.

Endi men shu erdaman va bu hayajonli sayohatni boshlaganimdan juda xursandman. Jamoa ajoyib ko‘rinmoqda. Tarkibda yosh va tajribali o‘yinchilar to‘plangan", - dedi Kulibali.

Kalidu o‘tgan mavsum “Napoli” safida A Seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!