Kulibalining bozori so‘ndi

  • 21 sentabr, 2020, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qator grand klublardan taklif olgan Kalidu Kulibani yana “Napoli”da qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Senegallik himoyachi uchun oxirigacha kurashgan PSJ va “Manchester Siti” bu transferdan voz kechdi. Bunga Neapol shahri jamoasi rahbariyatining o‘ta qimmat narx so‘rayotgani sabab bo‘ldi. “Napoli” xo‘jayinlari bu transferni 80 million evroga baholagan va o‘tkazilgan muzokaralarga qaramay, bu summani tushirishga rozi bo‘lmadi.

Kulibali “Napoli” tarkibiga 2014 yilda Belgiyaning “Genk” jamoasidan kelib qo‘shilgan edi. O‘shanda italiyaliklar bu transfer uchun 7,5 million evro sarflagan. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!