Kulibalining transferi "Chelsi"ga qanchaga tushadi?

  • 13 iyul, 2022, 19:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Senegallik himoyachi Kalidu Kulibali mavsumlar oralig‘idagi transfer paytida "Napoli"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 31 yoshli futbolchining transferi “aristokratlar”ga 40 million evroga tushadi. Klublar aynan mana shuncha summaga o‘zaro kelishuvga erishgan.

Sky Sport ham Senegal terma jamoasi a’zosining “Chelsi”ga o‘tishga yaqin ekanini tasdiqlamoqda.

Ta’kidlash lozimki, bir kun avval “Napoli” ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo unda Kulibali ishtirok etmadi.

Himoyachi "Chelsi" bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi va yiliga 10 million evro maosh oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!