
Kuman “devor” himoyachini chaqirdi
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida bir qator yangi futbolchilarni taklif etishni rejalashtirmoqda. Moliyaviy vaziyatdan kelib chiqib, kataloniyaliklar asosan erkin agentga aylanadigan mashhur o‘yinchilarga e’tibor qaratadi.
Biroq, klub rahbariyati pul sarflab, transfer huquqini sotib olishni istayotgan o‘yinchilar ham bor. Xususan, “Napoli” sharafini himoya qilib kelayotgan senegallik markaziy himoyachi Kalidu Kulibali bir necha mavsumdan beri grand klublar nishonida turibdi.
“Barselona” har qanday jamoa himoyasini mustahkamlashga qodir bo‘lgan Kulibalini olish uchun 50 million evro sarflashga rozi.
Biroq, kataloniyaliklar uni qo‘lga kiritish uchun “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus” va “Liverpul” kabi qudratli jamoalar raqobatini sindirishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar