Kuman katta gapirib qo‘ydi

  • 18.04.2021 14:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman endi mamlakat chempionatida g‘olib chiqishni maqsad qilayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kuman shogirdlari final uchrashuvida "Atletik" ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi.  

- Bu fantastik tuyg‘u. Biz mavsumda kamida bitta sovrinni yutishga haqlimiz. O‘zgarishlar davrida bu klub uchun muhim yutuq. Biz o‘zimizga ishonamiz. Endi hisobimizda bitta sovrin naqd, buyog‘iga ikkinchi g‘alaba sari qadam bosamiz. Hammamiz o‘zimizni baxtiyor his qilyapmiz, - dedi Ronald Kuman.

Niderlandiyalik mutaxassis “Barselona” bosh murabbiyi sifatida ilk sovriniga ega bo‘ldi. Chempionat o‘yinlarida kataloniyaliklar Madridning ikki klubi – “Atletiko” va “Real” bilan bosh sovrin uchun raqobatlashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!