
Kuman kutayotgan to‘purar kim?
Yakunlangan mavsumda Evropa chempionatlarida eng ko‘p gol urgani uchun “Oltin butsa”ga loyiq topilgan Chiro Immobile faoliyatini “Barselona”da davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yangi bosh murabbiy Ronald Kuman italiyalik to‘purar jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda.
Ayni paytda Chiro “Latsio” bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Faoliyatini Rimda yakunlashni rejalashtirayotgan hujumchi hozir olayotgani – 3 million evro miqdoridagi maoshni oshirish masalasida kelisha olmayapti.
Shuning uchun ko‘pchilik Immobile kataloniyaliklarning taklifini qabul qilishiga ishonmoqda.
Fikrlar