
Kuman: Menda Suares va Messining o‘rnini bosadigan bir futbolchi bor
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoada qo‘llayotgan yangi sxemasi – markaziy hujumchisiz o‘ynash usuli va unda asosiy rolni kim bajarishi haqida gapirdi.
- Grizmann Messi bilan joy almashib yoki uning o‘rnida ham o‘ynay oladi. U Suares bajargan vazifani ham bajarishi mumkin. Hozirgi uslubimiz raqiblarni qiyin ahvolga soladi. Men Antuanning o‘yinidan mamnunman, - dedi Kuman.
Yangi chempionat boshlanishidan oldin, Ronald Kuman frantsiyalik hujumchini jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylantirishga va’da bergani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar