Kuman qidirgan o‘yinchisini topdi

  • 17 sentabr, 2021, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kuman jamoasi keyingi paytda ko‘p gol o‘tkazmoqda. Shu bois, klub mutasaddilari jamoa himoya chizig‘ini kuchaytira oladigan futbolchilarni qidirmoqda.

Tecno

Qolaversa, kataloniyaliklar yoshi o‘tib qolgan tajribali o‘yinchilar o‘rniga yoshlarni olib kelib, jamoani yashartirish siyosatini davom ettiradi.

Ayni paytda “Barselona” skautlari “Tottenxem” va Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romeroning o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Kataloniyaliklar bu transferni yozda amalga oshirmoqchi.

Aytish joizki, “Barselona” 23 yoshli futbolchini o‘tgan yili “Atalanta”dan sotib ololmagandi. Shundan so‘ng, Romero “Tottenxem” bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Endi argentinalik futbolchini olish uchun kataloniyaliklar kamida 50 million evro xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. “Barselona” bu futbolchi yaqin kelajakda Jerar Pikening o‘rnini bosishidan umidvor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!