Kumanga yangi o‘yinchi kerak

  • 20 avgust, 2021, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar bir nafar markaziy yarim himoyachi transferini amalga oshirmoqchi.

Kataloniyaliklarga “Xetafe” yarim himoyachisi Mauro Arambarrining o‘yini ma’qul kelmoqda. Uning shartnomasida badal miqdori 25 million evro ekani ko‘rsatilgan.

Ronald Kuman 25 yoshli urugvaylik xavbekni olishi uchun klub rahbariyati bir necha o‘yinchini sotib yuborishi kerak bo‘ladi. Mutaxassislar Kataloniyani tark etadigan ro‘yxatiga Miralem Pyanich, Martin Breytueyt, Samyuel Umtiti va Emerson Aparesido kiritilishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!