Kunde Yamalning gaplariga javob qaytardi
Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Jül Kunde Ispaniya hujumchisi Lamin Yamalning Frantsiyani "JCH-2026" bosh favoriti emas degan fikriga munosabat bildirdi.
"Laminni juda yaxshi taniman. U juda kuchli futbolchi va o‘z fikrini ochiq aytadigan yigit. Turnirda favorit bo‘lish hech narsani anglatmaydi. Bu meni xavotirga solmaydi", — dedi Kunde.
Ma’lumot uchun, Frantsiya 1/8 finalda Paragvayga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar