Kuper boshqarayotgan jamoa Jahon Chempionatiga yaqin

  • 15 noyabr, 2021, 00:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kongo Demokratik Respublikasi termasida bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Ektor Kuper o‘z jamoasi bilan yaxshi natija qayd etmoqda. 

Afrika mintaqasi saralashida qatnashayotgan kongoliklar 6 turdan keyin o‘z guruhida 11 ochko to‘plagan holda, etakchilik qilmoqda. Kuper shogirdlari 6 o‘yinda 9 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, 3 bor to‘p o‘tkazib yuborgan. 

Ta’kidlab o‘tish joiz, argentinalik mutaxassis 2018-2019 yillar mobaynida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab, JCh-2022 2-bosqich saralashidan o‘rin olgan Falastinga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng lavozimidan ozod etilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, undan keyin termani qabul qilib olgan Vadim Abramov termamizni saralashning navbatdagi tsikliga ham olib chiqa olmadi. 
kongo

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!