
Kutayotganlar shoshmay tursin! "Liverpul" Saloh borasida bir qarorga keldi
Muhammad Saloh "Liverpul"da yana bir mavsum qolishi mumkin.
"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, mersisaydliklar misrlik futbolchi kelasi mavsumda ham "Liverpul"da qolishidan umid qilmoqda. Salohning o‘zi ham ketish niyatida ekanligini bildirmagan.
"Qizillar" kelasi mavsum uchun rejalarini Muhammadning yordami bilan amalga oshirmoqchi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni ligasi futbolchi yana bir mavsum APLda qolsa ham unga nisbatan qiziqishni saqlab qoladi. Uning 2025 yilda "Liverpul" bilan shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etish variantni istisno qilinmayapti.
Joriy mavsumda Saloh APL doirasida 29 ta bellashuvda maydonga tushib, 17 ta gol va 9 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar