Kutganmidingiz? Laporta allaqachon Messiga 2025 yilgacha shartnoma taklifini yuborgan

  • 15 may, 2023, 13:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta allaqachon Lionel Messining agenti va otasiga hamkorlik taklifini yuborgan. Messi 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma oldi, bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Lionel mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Chunki futbolchi PSJ bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Argentinalik futbolchiga Parij klubining loyihasi yoqmayapti, qolaversa, muxlislar tomonidan tez-tez "kaltaklanib" turishi ham sabablardan biri.

"Barselona" yozda Messining qaytishi uchun ba’zi futbolchilarini sotmoqchi. Leo Kataloniyani 2021 yilning yozida erkin agent sifatida tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!