
Kutib oling, Ronaldu keldi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan tanaffusdan so‘ng ilk bor klub qarorgohiga etib keldi.
Bugun futbolchi jamoa mashg‘ulotlarida qatnashadi.
Krishtianu Turinga 5 may kuni kelgandi. Shundan so‘ng 14 kunlik karantinda o‘tirdi.
A seriyaning qayta tiklanishi 13 iyunga belgilangandi. Lekin Italiyada sport musobaqalariga ta’qiq muddati uzaytirilgani bois bu muddat yana surildi.
Fikrlar