
Kutib oling! Timo Verner APLga qaytdi
Rasman "Tottenxem" Timo Verner transferini e’lon qildi.
Hujumchini "shporlar" 17 million evroga sotib olish opsiyasi bilan mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi. U jamoa tarkibida 16-raqamda harakat qiladigan bo‘ldi.
Vernerga avvalroq "Manchesetr Yunayted" qiziqish bildirgandi, lekin kurashda "Tottenxem" faolroq edi va londonliklar transferni ilib ketdi.
Ma’lumot uchun, Verner 2020-2022 yilda ham Premer-ligada harakat qilgan. U "Chelsi" bilan Chempionlar ligasi va UEFA superkubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar