
Kutilganidek, "Paxtakor"ning yana bir futbolchisi "Lokomotiv" a’zosiga aylandi
"Paxtakor" yarim himoyachisi Javohir Sidiqov yangi mavsumni "Lokomotiv" safida boshlashi rasman aniq bo‘ldi. Bu haqida "temiryo‘lchilar" rasmiy "Telegram" sahifasi ma’lumot bermoqda.
Futbolchining shartnomasi borasidagi detallar hozircha oshkor etilmagan. Sidiqov o‘tgan mavsum "sherlar" safida Superliganing 14 bellashuvida maydonga tushib, 3 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgandi.
Bunga qadar, "Lokomotiv" "Paxtakor"dan Sadriddin Abdullaevni ham qaytarib olishga erishgandi.
Fikrlar