
Kutilmagan qaror: Ispaniya terma jamoasi “Real” o‘yinchilaridan nega voz kechdi?
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente UEFA Millatlar ligasining navbatdagi o‘yinchilariga jalb qilinadigan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, tarkibga amaldagi chempion – “Real”ning birorta o‘yinchisi taklif qilingani yo‘q. Terma jamoada uch nafar yangi futbolchi – Samu Omorodion, Aytor Paredes va Mark Kasado ko‘rikdan o‘tadigan bo‘ldi.
Umumiy tarkib qo‘yidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabonlar: David Rayya ("Arsenal"), Aleks Remiro ("Real Sosedad"), Robert Sanches ("Chelsi");
Himoyachilar: Pedro Porro ("Tottenxem"), Oskar Mingesa ("Selta"), Dani Vivian ("Atletik"), Emerik Laport ("An-Nasr"), Pau Torres ("Aston Villa"), Mark Kukurelya ("Chelsi"), Aleks Grimaldo ("Bayer"), Aytor Paredes ("Atletik");
Yarim himoyachilar: Mikel Merino ("Arsenal"), Martin Subimendi ("Real Sosedad"), Fabian Ruis (PSJ), Pedri ("Barselona"), Dani Olmo ("Barselona"), Aleks Baena ("Vilyarreal"), Mark Kasado ("Barselona");
Hujumchilar: Alvaro Morata ("Milan"), Lamin Yamal ("Barselona"), Niko Uilyams ("Atletik"), Yeremi Pino ("Vilyarreal"), Mikel Oyarsabal ("Real Sosedad"), Ayose Peres ("Vilyarreal"), Samu Omorodion ("Portu"), Brayan Saragosa ("Osasuna").
Bosh murabbiy Luis de la Fuente “Barselona” vakili Mark Kasado mavsum kashfiyotiga aylangani uchun uni sinab ko‘rish maqsadida taklif qildi. Samu Omorodion “Portu” safida 12 ta uchrashuvda 11 ta gol urganidan keyin unga terma jamoa eshiklari ochildi. Aytor Paredes esa “Barsa” o‘yinchisi Pau Kubarsi jarohat olgani sababli uning o‘rnini egalladi.
Ispaniya terma jamoasi 15 noyabr kuni safarda Daniyaga, oradan uch kun o‘tib, o‘z maydonida Shveytsariyaga qarshi saf tortadi.
Fikrlar