Kutilmagan tanlov! Vozinya qaysi klubga o‘tishi ma'lum
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya Chilining mashhur klubi «Kolo-Kolo» safini to‘ldirishi kutilmoqda.
Bu haqida futbol olamida insayder sifatida tanilgan jurnalist Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Kabo-Verde darvozabonining transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishildi. Hujjatlar hali imzolanishi kerak, ehtimol, bu dam olish kunlarida amalga oshadi. Shundan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tish lozim bo‘ladi. Vozinya Chilidagi yangi sahifaga tayyor», — deya ma'lumot berdi Romano.
Eslatib o‘tamiz, Vozinya futbol bo‘yicha 2026 yildagi jahon chempionatida eng katta sensatsiyalarga sabab bo‘lgan futbolchilardan biriga aylandi. 40 yoshli darvozabon Ispaniya (0:0) va Argentina (2:3) terma jamoalariga qarshi uchrashuvlardagi ajoyib seyvlar orqali butun dunyo e'tiborini qozondi. Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, Vozinyaning Instagram’dagi obunachilari soni 29 millionga yetdi.

Fikrlar