
Kutilmagan transfer: Kurtua “Real”dan boshqa superklubga o‘tadigan bo‘lyapti
“Real”ning so‘nggi yillardagi asosiy darvozaboni Tibo Kurtua mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin.
Defensa Central nashriga ko‘ra, belgiyalik darvozabonni PSJ o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi. Parijliklar Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Donnarummaning o‘yinidan umuman qoniqmayapti.
PSJga Evropa futboliga moslashan, tajribali va ishonchli darvozabon kerak. Yozda jamoaga qo‘shib olingan rossiyalik Matvey Safonov hali u darajaga etgani yo‘q.
Shu bois, PSJ Tibo Kurtuani nishonga oldi. Madridliklar esa, o‘z darvozabonidan voz kechmoqchi emas. Tiboning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.
“Real” mutasaddilari 2018 yildan beri jamoa darvozasini barqaror qo‘riqlab kelayotgan 32 yoshli golkiperga yangi shartnoma taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar