Kutilmagan yangilik: “Barsa” Messiga joy ochish uchun uch yulduzdan voz kechmoqda

  • 10 mart, 06:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati klub afsonasi – 2021 yili Kataloniyani tark etgan Lionel Messini yana ortga qaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Tecno

GOL digital nashrining yozishicha, kataloniyaliklar sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibini ortga qaytarish bo‘yicha reja ishlab chiqqan.

Birinchi navbatda, klub Leoning maoshini hal qilishi lozim. Buning uchun rahbariyat yozda uch nafar futbolchi bilan xayralashadi. Xususan, Andreas Kristensen, Ansu Fati hamda Ferran Torres Lionel Messini olish masalasida “qurbon” bo‘ladi.

Argentinalik jahon chempionining “Inter Mayami” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 31 dekabrigacha davom etishi kataloniyaliklarda bu transferni amalga oshirish umidini uyg‘otyapti.

Messi 2003-2021 yillar davomida “Barselona”da faoliyat yuritgan va sobiq jamoasi safiga qaytishga qarshi emas. Biroq Messi klub prezidenti Joan Laporta bilan munosabati sovuq bo‘lgani uchun bu ishni amalga oshirishga shoshilmayapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!