Kvaratsxeliya uchun ikki grand klub kurashmoqda

  • 09.01.2025 17:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" va PSJ Xvicha Kvaratsxeliya uchun kurashadi. 

"L’Equipe" nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Napoli" bilan gruziyalik vingerning transferi yuzasidan bog‘landi. Klublar Xvichani Markus Rashfordga almashtirishi ham mumkin. Shu bilan birga, "Napoli" va PSJ o‘rtasidagi aloqalar davom etmoqda va ular Kvaratsxeliya bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljishga imkon beradigan echim topishga harakat qilmoqdalar.

Tecno

Ta’kidlanishicha, neapolliklar rahbariyati vingerni sotish imkoniyatini rad etmayapti.

Ma’lumot uchun, Xvichaning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. Joriy mavsumda futbolchi A Seriyaning 17 ta o‘yinida 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!