Kyaer "Milan"dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 18 sentabr, 2021, 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubining markaziy himoyachisi Simon Kyaer “rossonerilar” safida qolishni xohlamoqda. Bu haqda jurnalist Pedru Almeyda xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, A Seriya grandi ham 32 yoshli daniyalik futbolchiga 2024 yilga qadar tuzilgan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Tomonlar kelishuvga yaqin, chunki ikkala taraf ham hamkorlikni davom ettirish istagida.

Kyaer "Milan" safida 2020 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 61 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!