Kyorling bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Sovrindorlar bilan tanishing

CHERY AUTO

Joriy yilning 2-11 aprel sanalarida Kanada mezbonlik qilgan kyorling bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqasi o‘z yakuniga etdi. Tarixda ilk bor 14 ta davlat terma jamoasi ishtirok etgan jahon birinchiligida Shvetsiya vakillarining qo‘li baland keldi. 

Tecno

Chempionlar finalda shotlandiyalik sportchilar ustidan 10:5 hisobida ustun keldi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Shveytsariya Rossiyadan tashrif buyurgan erkin sportchilar jamoasi ustidan 6:5 hisobida g‘alaba qozondi. 

Musobaqaning eng yaxshi sportchisi sifatida Oskar Eriksson qayd etildi va Kolli Kempbell nomli mukofotga ega chiqdi. 

Osiyo qit’asi nomidan turnirda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy ishtirok etdi. Ammo hech biri pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!