La Liga. "Atletik" Kataloniya klubiga yutqazdi
Ispaniya La Ligasining 17-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv ham bo‘lib o‘tdi. Unda "Atletik Bilbao" o‘z maydonida Kataloniyaning "Espanol" klubini qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida "Atletik" futbolchisi Aleks Berenger hisobni ochdi, oradan 6 daqiqa o‘tib Karlos Romero hisobni tenglashtira oldi. Shuningdek, bellashuvning 52-daqiqasida Pere Milya "Espanol"ning ikkinchi goliga mualliflik qilib, g‘alabasini ta’minladi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Atletik Bilbao
- Álex Berenguer 38'
Tugadi
1
:
2
01:00
Espanyol
- Carlos Romero 44'
- Pere Milla 52'



Fikrlar