
La Liga. "Atletiko" yirik hisobda g‘alaba qozondi
La Liganing 18-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Real Valyadolid" uchrashuvi yakunlandi. "Matraschilar" raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
O‘yinning 18-daqiqasida Morata hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas Grizmann farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Jamoa himoyachisi Mario Ermoso ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘yib, hisobni yiriklashtirdi. 75-daqiqada Memfis Depay maydonga tushib, debyut amalga oshirdi.
Shu tariqa, "Atletiko" turnir jadvalida 4-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. "Valyadolid" esa 17-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar