La Liga. "Barselona" 3-turning so‘nggi o‘yinida Madrid klubi bilan durang o‘ynadi

  • 01.09.2025 02:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasining 3-turida Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" "Rayo Valekano" bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
 
Kataloniyaliklarning yagona golini ispaniyalik yosh yulduz Lamin Yamal 40-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan kiritdi. Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida esa Fran Peres hisobni tenglashtirdi. Bundan tashqari, madridliklar o‘yin so‘nggida bir necha golli vaziyatlar yaratgan edi. Biroq, Joan Garsiya barchasini bartaraf etib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" FIFA kunlaridan so‘ng 14 sentyabr kuni "Valensiya"ga qarshi o‘tkazadi. "Rayo" ham ushbu sanada "Osasuna" bilan to‘qnash keladi.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum
377.png

Rayo Valekano

  • Fran Pérez 67'
Tugadi
1 : 1

01.09.2025 00:30

83.png

Barselona

  • Lamine Yamal 40'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!