La Liga debyutanti o‘z safini “Inter” hujumchisi bilan kuchaytirdi
Joriy mavsumdan boshlab La Ligada ishtirok etadigan “Ueska” klubi o‘z safiga “Inter” hujumchisi Samuele Longoni qo‘shib oldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ispan klubi 26 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olgan.
Ma’lumot uchun, Longo o‘tgan mavsumni “Jirona” safida ijaraga o‘tkazgan va 36ta bahsda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar