La Liga. Gollarga boy kechgan uchrashuvda "Atletik" "Sevilya"ni taslim etdi

  • 18.08.2025 00:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasining 1-turida "Atletik Bilbao" "Sevilya"ni o‘z uyida qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchdi. 
 
Bellashuvning 36-daqiqasida Niko Uilyams 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bo‘lim yakunlanayotgan paytda esa Maroan Sannadi jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Ikkinchi bo‘limni hujum bilan boshlagan "Sevilya" 60-daqiqada hisobni qisqartirdi. Gol muallifi - Dodi Lukebakio. Goldan ilhomlangan jamoa oradan 12 daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirdi ham. Biroq, 81-daqiqada bilbaoliklar o‘yinchisi Robert Navarro gol urib, jamoasining ilk turda g‘alaba qozonishini ta’minladi.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum
13258.png

Atletik Bilbao

  • Nico Williams 36'
  • Maroan Sannadi 43'
  • Robert Navarro 81'
Tugadi
3 : 2

17.08.2025 22:30

676.png

Seviliya

  • Dodi Lukébakio 60'
  • Lucien Agoumé 72'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!