La Liga klubi koronavirusga qarshi test topshirishdan nega bosh tortmoqda?

  • 19.03.2020 17:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Selta" klubi La Liganing so‘roviga qaramasdan koronavirusga qarshi test topshirishdan bosh tortmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Vigoliklarning fikricha ayni damda ko‘plab oddiy insonlar virusga qarshi test topshirishga muhtoj, bu vaziyatda futbolchilarni jamiyatning yuqori qismi sifatida alohida ajratish kerak emas.

Hozir “Selta” futbolchilari uy karantinida. Ular muntazam ravishda shifokor nazoratida bo‘lib turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!