
La Liga. Madrid klubi kutilmaganda "Barsa" bilan durang o‘ynadi
La Liga 14-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano" - "Barselona" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Madridliklar safida Unai Lopes gol muallifi bo‘ldi. Katalon klubining goli Florian Lejen (avtogol) nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, 31 ochkosi bor "ko‘k-anorranglilar" 3-o‘rinda qoldi. Mezbonlar hisobida 19 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar