
La Liga prezidenti: "Uning shikoyatlari o‘rinli"
Xaver Tebas Rodrining tig‘iz taqvim haqidagi shikoyatlarini qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq, "Manchester Siti" va Ispaniya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi o‘yinlar soni ko‘pligidan futbolchilar ish tashlashlari mumkinligini tan olgandi:
"Biz bun jarayonga yaqinmiz. Mavsumda 70-80 ta o‘yin - bu juda ko‘p. Agar odamlar eng yaxshi futbolni ko‘rishni istasa, futbolchilarni dam olishlariga qo‘yib berishlari kerak. FIFA 20 ta klub ishtirokidagi chempionatlar qisqarishini istashadi. Biz esa, bunga rozi emasmiz.
Men Rodri aytgan ish tashlashni qo‘llab-quvvatlayman. Chunki bu shunchaki og‘zaki gap emas. Muammo nafaqat futbolchining sog‘lig‘ida, balki sohaning balansida ham. O‘yinlar haddan tashqari ko‘pligidan ba’zi futbolchilarning sog‘lig‘i yomonlashadi va buning natijasida ularning oilasi azoblanadi", - dedi La Liga prezidenti.
Fikrlar