
La Liga rahbari Neymarning “Barsa”ga o‘tish imkoniyatini baholadi
Jahon futbolini yoritib kelayotgan manbalar Saudiya Arabistonidagi faoliyatini yakunlab, Braziliyaga qaytib borgan Neymar o‘z yurtida ham uzoq qolmasligini yozmoqda.
Bir necha manbalar 33 yoshli futbolchi yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotganidan xabar beryapti.
Bu yangiliklar La Liga prezidenti Xaver Tebas o‘z munosabatini bildirdi.
- Men Neymarning qachondir “Barselona”ga qaytishiga ishonmayman. U kelmasligiga ishonchim komil, - dedi Xaver Tebas.
Neymar 2013-2017 yillar davomida Kataloniya superklubi safida 186 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 105 ta gol va 76 ta assist rasmiylashtirgan. 2017 yili kataloniyaliklar uni 222 million evroga PSJga transfer qilgan. Bu savdo hamon transfer rekordi hisoblanadi.
Braziliyalik yulduz Parijda 2023 yilning yozigacha to‘p tepdi. Keyin Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l oldi. “Al-Hilol”dagi faoliyati og‘ir jarohatlar tufayli muvaffaqiyatli chiqmadi. Neymar yangi yil boshida o‘zini tarbiyalagan “Santos”ga qaytib bordi.
Fikrlar