
La Liga ramziy jamoasida "Real" futbolchilariga joy topilmadi
Mundo Deportivo nashri Ispaniya chempionati 29 turining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Manbaga ko‘ra, "Atletiko"dan uch nafar, "Barselona" va "Alaves"dan ikkitadan, "Valyadolid", "Espanol", "Vilyarreal" va "Betis" klublaridan bir nafar futbolchi ramziy jamoa tarkibiga kiritildi.
Shuningdek, ushbu ro‘yxatda 29 tur doirasida "Valensiya"ni mag‘lub etgan "Real" futbolchilaridan birontasiga joy topilmadi.
29 turning ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Xordi Masip ("Valyadolid"), Martin Agirregabariya ("Alaves"), Kleman Langle ("Barselona"), Leandro Kabrera ("Espanol"), Samuel Chukveze ("Vilyarreal"), Ektor Errera ("Atletiko"), Markos Lorente ("Atletiko"), Serxio Kanales ("Betis"), Joau Feliks ("Atletiko"), Lionel Messi ("Barselona"), Xoselu ("Alaves").
Fikrlar