La Liga. Syorlotning birinchi bo‘limda kiritgan ikki goli "Atletiko"ga g‘alaba keltirdi
Ispaniya La Ligasining 14-turida "Atletiko Madrid" "Riyad Eyr Metropolitano" stadionida "Real Ovedo"ni qabul qilib, ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (2:0).
Bahsdagi ikki golga ham Aleksander Syorlot ham mualliflik qildi. Dastlabki gol 16-daqiqada kiritilgan bo‘lsa, norvegiyalik hujumchi ikkinchi golini 26-daqiqada yo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, "matraschilar" bellashuvdan so‘ng ochkolar sonini 31 taga etkazib olib, 3-o‘ringa chiqib oldi va "Barselona" bilan 3, "Real Madrid" bilan esa farqni 1 ochkogacha qisqartirdi. Shuningdek, "Vilyarreal"dan 2 ochko ko‘p to‘plagan. Biroq, "Real" va "Vilyarreal" bu turdagi o‘z uchrashuvini bugun o‘tkazadi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Atlético de Madrid
- Alexander Sørloth 16'
- Alexander Sørloth 26'
Tugadi
2
:
0
30.11.2025 01:00

Fikrlar