La Liga to‘xtatilishi mumkin! Sabab?

  • 20 oktabr, 2022, 22:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati yangi sport qonunlari tufayli to‘xtatilishi mumkin. 

La Liga prezidenti Xaver Tebas 27 oktyabr kuni La Liga va Segunda klublarining navbatdan tashqari yig‘ilishida 28 oktyabrdan boshlab musobaqani to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. 

Mazkur to‘xtalishga ispan klublarining yangi sport qonuni tufayli vujudga kelishi mumkin. Ushbu qonun Ispaniya klublariga ichki chempionat bilan birgalikda Evropa Superligasida ishtirok etish huquqini beradi. 

Vujudga keladigan o‘zgarish tufayli klublar CVC investitsiya fondi bilan kelishuv bekor bo‘lishidan qo‘rqmoqda. Unga ko‘ra, jamoalar ushbu kelishuvdan 2 milliard evro foyda olishi kutilyapti. 

"El Mundo" nashrining ma’lum qilishicha, Ispaniyaning 42 ta (La Liga hamda Segunda) klubidan 39 tasi qarshi chiqqan. Bundan "Barselona", "Real" hamda "Atletitik" mustasno. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!