La Liga. Vinisius "Real"ga g‘alaba keltirdi

  • 30 oktabr, 2021, 18:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 12-turidan o‘rin olgan "Elche" - "Real" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu o‘yinda "qirollik klubi" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Bahsning 22-daqiqasida Vinisius hisobni ochdi. 73-daqiqada uning o‘zi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 86-daqiqada Pere Milla oradagi farqni qisqartirdi.   

Mazkur g‘alabadan so‘ng madridliklar hisobidagi ochkolar soni 24 taga etdi va ular Ispaniya chempionati turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 10 ochkosi bor "Elche" ayni damda 15-pog‘onada joylashgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!