
La Liga. "Xetafe" "Sevilya"ni yirik hisobda mag‘lub qildi, Grinvud ikkita golda ishtirok etdi
La Liganing 17-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Xetafe" bahsida mehmonlar yirik 0:3 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Mayoral hisobni ochgan bo‘lsa, Mata oradagi farkni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Ushbu golga Grinvud assist amalga oshirgandi. 82-daqiqada futbolchining o‘zi penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu o‘yindan keyin "Xetafe" turnir jadvalida 8-o‘ringa chiqib oldi. "Sevilya" esa 16-pog‘onada.
Fikrlar